
Qatarda o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 1/16 final bosqichi yakuniga yetdi. Shu tariqa 18 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan 1/8 final juftliklari to‘liq shakllandi. Musobaqa endi yanada mas’uliyatli, yanada yuqori kuchlanishli bosqichga kirdi:
- Meksika — Portugaliya
- Shveysariya — Irlandiya
- Marokash — Mali
- Braziliya — Fransiya
- Avstriya — Angliya
- KXDR — Yaponiya
- Italiya — O‘zbekiston
- Uganda — Burkina-Faso
O‘zbekiston U-17 jamoasi ham o‘z tarixi uchun eng muhim bosqich ostonasida turibdi. Italiyaga qarshi bellashuv mushkul bo‘lishi turgan gap, biroq jamoa bu musobaqada iroda va xarakter nimaligini allaqachon ko‘rsatib bo‘ldi.
Eng qizig‘i, agar o‘smirlarimiz 1/8 finalni ham bosib o‘tsa, chorak finalda ularni Afrika vakillari — Uganda yoki Burkina-Fasodan biri kutib turibdi. Bu esa musobaqada yangi syurprizlar va yuqori darajadagi kurashlar hali oldinda ekanini anglatadi.
Musobaqa qizg‘in pallaga kirdi. Muxlislar esa endi har bir bahsni nafasini ushlab kuzatadigan vaqt keldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.