Kim Chen In: ko‘proq mashq — kamroq qon to‘kilish

Kim Chen In: ko‘proq mashq — kamroq qon to‘kilish

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In armiyaning maxsus kuchlar bo‘linmalari ishtirokida o‘tkazilgan harbiy mashg‘ulotlarda qatnashdi.

Mashqlar davomida jangchilarning jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, kuch-quvvati hamda otish mahorati sinovdan o‘tkazildi. Qo‘mondonlik tomonidan harbiylarning jangovar salohiyati va tayyorgarlik darajasi alohida baholandi.

Kim Chen In mashg‘ulotlar davomida harbiylar uchun muhim tamoyilni ta’kidlab o‘tdi:

“Tayyorgarlikda qancha ko‘p ter to‘kilsa, jangda shuncha kam qon to‘kiladi”, — deya u jangchilarni yuqori saviyada tayyorgarlik olib borishga chaqirdi.

Shuningdek, u barcha harbiy bo‘linmalar doimiy ravishda yuqori jangovar shaylikni saqlashi va har qanday vaziyatga tayyor turishi zarurligini qayd etdi.

Kuzatuvchilarning fikricha, bunday mashg‘ulotlar mamlakat harbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, xavfsizlik masalalariga katta e’tibor qaratilayotganini ko‘rsatadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.