Qoraqalpog‘istonda noyob 893 bosh yo‘rg‘a tuvaloq qo‘yib yuborildi

Qoraqalpog‘istonda noyob 893 bosh yo‘rg‘a tuvaloq qo‘yib yuborildi

Qoraqalpog‘istondagi Ustyurt tekisligiga 893 bosh yo‘rg‘a tuvaloq qo‘yib yuborildi. Ushbu noyob qushlar O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan bo‘lib, yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlardan hisoblanadi.

Ma’lum qilinishicha, mutasaddilar yo‘rg‘a tuvaloqlarni saqlab qolish va ularning tabiatdagi sonini ko‘paytirish bo‘yicha muntazam ishlar olib bormoqda. Shu maqsadda har yili 2 ming boshdan 3 ming boshgacha qushni tabiatga qo‘yib yuborish rejalashtirilgan.

Yo‘rg‘a tuvaloq yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish konvensiyasi ilovasiga ham kiritilgan. Bu esa ushbu qushlarni muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.