«Plan»ni bajarmagan xodimlarini so‘kkan YPX mansabdori ishdan ketdi

«Plan»ni bajarmagan xodimlarini so‘kkan YPX mansabdori ishdan ketdi
Qoraqalpog‘iston YHXBning so‘kong‘ich boshlig‘i Botir Xo‘janov ishdan olingan. Uning o‘rniga podpolkovnik Salavat Kazbekov tayinlangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonda YPX xodimiga qo‘pol munosabatda bo‘lib, ularni haqorat qilgan yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ulining videosi tarqalgandi.

2021 yilning fevraliga tegishli ekani aytilgan videoda Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi kapitan B.Xo‘janov ma’muriy bayonnomalar kam tuzilgani uchun qo‘l ostidagi xodimlarni haqoratlab, urgani tasvirlangan.

Keyinroq B.Xo‘janov qo‘l ostidagi xodimlarga qo‘pol munosabatda bo‘lgani hamda xizmatda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun «lavozim maoshining 30 foizi miqdorida ushlab qolish» qattiq intizomiy jazo chorasi bilan jazolangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.