Pentagon: Falujada IShID etakchisi yo‘q qilindi


Pentagon ma’muriyati rasmiy vakili polkovnik Stiven Uorrenning bayonotiga ko‘ra, Iroqning Faluja shahrida IShID etakchisi Mohir al-Bilauiy yo‘q qilingan, deyiladi \"Kun\" nashrida.
«Biz 70dan ortiq jangari, xususan, al-Bilauiyni yo‘q qildik. U IShIDning Al-Falujadagi kuchlarini boshqargan», — degan Uorren.
Uning qayd etishicha, shahar 2 kun avval bombardimon qilingan. Biroq polkovnik IShIDning yana bir rahbari fransuz fuqarosi Faben Kleynning o‘ldirilganini tasdiqlay olmagan.
«Albatta, biz bu ma’lumotlardan xabardormiz. Ammo bu borada bir narsa deya olmayman», — deb xulosa qilgan Pentagon rasmiy vakili.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













