Qashqadaryo va Andijonda dori vositalari savdosi bo‘yicha jinoyat ishlari ochildi

Qashqadaryo va Andijonda dori vositalari savdosi bo‘yicha jinoyat ishlari ochildi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lumotiga ko‘ra, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan bog‘liq holatlar fosh etildi.

Qarshi shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro Z.Q. 29 dona kapsula hamda 60 dona “Gabaten” nomli dori vositasini 500 AQSh dollariga sotayotgan vaqtda ushlangan. Uning yonidan mazkur holatga oid moddiy dalillar ham olingan.

Shuningdek, Andijon viloyatining Ulug‘nor tumanida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda fuqaro J.A. fuqaro M.X.ga “Regapen” va “Tropikamid” kabi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 670 ming so‘mga sotayotgan paytda qo‘lga olingan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.