Qashqadaryoda tepalikda qoldirilgan Nexia o‘zining egasini bosib ketdi

Qashqadaryoda tepalikda qoldirilgan Nexia o‘zining egasini bosib ketdi
Qashqadaryodagi baxtsiz hodisa oqibatida haydovchi o‘z mashinasining ostida qolib, halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra Daryo xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 25 may kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida fuqaro S.E. o‘z Nexia’cini yo‘l chetidagi tepalikka to‘xtatib, suv olish uchun ariq yoniga tushgan. Shu vaqt avtomobil kutilmaganda harakatlanib ketgan.

«Haydovchi harakatlanib ketgan avtomobilni to‘xtatmoqchi bo‘lganida, ehtiyotsizligi oqibatida, avtomashina tagida qolib ketib, voqea joyida vafot etgan», — deyiladi IIV axborotida.

Bu voqea haqida IIV saytiga joylashtirilgan materialga «Avtomashina to‘xtaganida albatta tormozga qo‘ying» deb sarlavha qo‘yilgan. Katta ehtimol bilan, o‘z egasini bosib ketgan Nexia to‘xtab turish (qo‘l) tormoziga qo‘yilmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.