Qibrayda chemodandan topilgan jasad bo‘yicha 2 kishi qamoqqa olingan

Qibrayda chemodandan topilgan jasad bo‘yicha 2 kishi qamoqqa olingan
Avvalroq, joriy yilning 8 avgust kuni Qibray tumanida sayohat jamadonida erkak kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topilgani haqida xabar bergan edik.

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov davomida 2 nafar shaxsga nisbatan JKning 97, 169, 227 va 241-moddalari bilan ayb e’lon qilinib, ularga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.