Prezident videoselektorda qator yangilanishlarni e’lon qildi

Prezident videoselektorda qator yangilanishlarni e’lon qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yurak qon-tomir kasalliklari oldini olish va ularni davolash tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida kardiologiya xizmati bo‘yicha qator yangilanishlar bo‘lishi e’lon qilindi.

Jumladan:
  • Respublika kardiologiya markazining viloyat filiallarida ko‘rsatiladigan xizmatlar 15 tadan 35 tagacha yetkaziladi;
  • (misol uchun, Kardiologiya markazining Xorazm viloyati filialiga Orolbo‘yi mintaqaviy markaz maqomi berilib, uni jihozlashga 20 mlrd so‘m ajratilgani hisobiga respublika darajasidagi barcha amaliyotlar viloyatning o‘zida yo‘lga qo‘yiladi);
  • ushbu amaliyot Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Jizzaxda, kelgusi yil yakunigacha Qoraqalpog‘iston, Andijon, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarida yo‘lga qo‘yiladi;
  • kelgusi yil 1 iyunga qadar Kardiologiya markazi viloyat filiallari zamonaviy angiograf bilan ta’minlanadi;
  • kelgusi yil yakuniga qadar Nurafshon shahrida barpo etilayotgan Tibbiyot klasterida Kardiologiya markazi tashkil qilinadi;
  • bundan buyon bemorlarning respublika markazlarida davolanishi uchun berilgan barcha imtiyozlar ularning filiallariga ham to‘liq tatbiq etiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.