Toshkentda qalbaki 6900 dollarni sotmoqchi bo‘lgan uch kishi qo‘lga olindi

Toshkentda qalbaki 6900 dollarni sotmoqchi bo‘lgan uch kishi qo‘lga olindi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
Toshkent shahrida bojxonachilar qalbaki valyutalar savdosiga chek qo‘ydi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda qalbaki pul, qimmatli qog‘ozlarni tayyorlash va ular bilan muomala qilishning oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Toshkentda qalbaki 6900 dollarni sotmoqchi bo‘lgan uch kishi qo‘lga olindi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
Natijada Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 3 nafar shaxs oldindan til biriktirib, boshqa bir fuqaroga qalbaki 6 ming 900 dollarni noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.