«Manchester Yunayted» Grizmannni «Atletiko»dan 80 mln evroga sotib olishga tayyor


Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann “Manchester Yunayted” jamoasi rahbariyatining asosiy maqsadlaridan biri. Bu haqda \"Uff.uz\" xabar berdi.
El Confidencial nashrining ma’lumotiga ko‘ra, ingliz klubi 25 yoshli fransiyalik futbolchini istalgan pulga sotib olishga tayyor.
“MYu” Grizmannning shartnomasida tovon puli qiymati sifatida ko‘rsatilgan 80 million evroni to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, ikki yil ilgari inglizlar “Real”ga Anxel Di Mariya uchun 75 million evro to‘lashgandi.
Joriy mavsumda Grizmann 51ta o‘yinda maydonga tushib, 37ta gol hamda 7ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













