Bobir Abdiholiqov 3 ta rekord o‘rnatdi, 2tasini takrorladi

Bobir Abdiholiqov 3 ta rekord o‘rnatdi, 2tasini takrorladi
Yakunlangan mavsumni Belarus Oliy ligasida o‘tkazgan Bobir Abdiholiqov 26 ta gol bilan chempionat to‘purari bo‘lganidan xabaringiz bor.

Ushbu ko‘rsatkich orqali legionerimiz elitada 3 ta rekord qayd etdi va ikkitasini takrorladi. Ayni vaqtda u quyidagi natijalar bo‘yicha tengsiz bo‘lib turibdi:
  • Mehmonda urilgan gollar — 16;
  • Legionerlar orasida mavsumda eng ko‘p gol urgan — 26;
  • Legionerlar orasida gol+pas bo‘yicha eng yuqori ball — 32.

Shuningdek, Bobir mavsumdagi dubllar soni va uchrashuvda jamoasiga g‘alaba keltirgan gollar bo‘yicha o‘rnatilgan rekordlarni takrorladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.