Saudiyaning «An-Nasr» klubi Ronalduga 500 mln evro va'da qildi

Foto: Getty Images
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu tez orada Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Ispaniyaning Marca nashri xabariga koʻra, shartnoma ikki yarim mavsumga moʻljallangan boʻlib, 37 yoshli futbolchi yiliga 200 million evro yoki umumiy hisobda 500 mln evro oladi. Bu miqdorga ish haqidan tashqari reklama daromadlari ham kiradi.
22 noyabr kuni Ronaldu Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bilan shartnomani oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilgan edi. Futbolchi «Manchester Yunayted» safida 3 karra Angliya chempioni, 2 karra Angliya Liga kubogi gʻolibi boʻlgan.
Shuningdek, Ronaldu «Real» va «Yuventus» sharafini himoya qilib, Ispaniya va Italiya chempioni, Chempionlar Ligasi gʻolibi, Portugaliya bilan Evropa chempioni boʻlgan.
Portugaliyalik toʻpurar hozirda Qatarda oʻtkazilayotgan jahon chempionatida ishtirok etmoqda. U Gana milliy jamoasi darvozasiga gol urib, beshta jahon chempionatida darvozani ishgʻol qilgan birinchi futbolchiga aylandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu tez orada Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Ispaniyaning Marca nashri xabariga koʻra, shartnoma ikki yarim mavsumga moʻljallangan boʻlib, 37 yoshli futbolchi yiliga 200 million evro yoki umumiy hisobda 500 mln evro oladi. Bu miqdorga ish haqidan tashqari reklama daromadlari ham kiradi.
22 noyabr kuni Ronaldu Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bilan shartnomani oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilgan edi. Futbolchi «Manchester Yunayted» safida 3 karra Angliya chempioni, 2 karra Angliya Liga kubogi gʻolibi boʻlgan.
Shuningdek, Ronaldu «Real» va «Yuventus» sharafini himoya qilib, Ispaniya va Italiya chempioni, Chempionlar Ligasi gʻolibi, Portugaliya bilan Evropa chempioni boʻlgan.
Portugaliyalik toʻpurar hozirda Qatarda oʻtkazilayotgan jahon chempionatida ishtirok etmoqda. U Gana milliy jamoasi darvozasiga gol urib, beshta jahon chempionatida darvozani ishgʻol qilgan birinchi futbolchiga aylandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













