"Bunyodkor" "Rostov"dan alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi

"Bunyodkor" "Rostov"dan alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi
BAA poytaxti Abu Dabi shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan \"Bunyodkor\" navbatdagi sinov-nazorat bahsida maydonga tushdi. Unda \"qaldirg‘ochlar\"ga \"Rostov\" klubi qarshilik ko‘rsatdi. Ushbu bellashuvda rossiyaliklar yirik 4:0 hisobida zafar quchdi.

O‘yinda gollarga Nikolay Komlichenko, Danil Utkin, Yegor Golenkov, Dmitriy Poloz mualliflik qildi. Vakillarimiz maydonni golsiz tark etdi.

Bundan oldingi bahsda hamyurtlarimiz Moskvaning \"Lokomotiv\" jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.