Rahmonaliyev: "Bundan ham yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi, biroq..."

Rahmonaliyev: "Bundan ham yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi, biroq..."
Rahmonaliyev: "Bundan ham yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi, biroq..."
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi “Bunyodkor” akademiyasiga qarashli maydonda mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Buguni mashg‘ulotlar chog‘ida U-20 termamiz sardori Umarali Rahmonaliyev Argentinadagi jahon chempionati, Isroilga qarshi mag‘lubiyat haqida gapirdi.
 
\"Jahon chempionati ajoyib o‘tdi. Bu turnir biz uchun juda katta maktab vazifasini o‘tab berdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Yutishni va mag‘lubiyat holatidan qanday chiqib ketishni o‘rgandik. Yaxshi natija qayd etdik. Bundan ham yaxshiroq bo‘lishi mumkin edi, biroq so‘nggi daqiqalarda konsentratsiyani yo‘qotganimiz tufayli jazolandik.
 
Hozirgi yig‘inga keladigan bo‘lsak, mashg‘ulotlarni boshlab oldik. Jamoaning ichki muhiti ajoyib, ahil jamoa tashkil topgan. Bu yerda faqat o‘sish mumkin. Bu yerga chaqirildik va buni oqlashga harakat qilamiz\", - dedi Rahmonaliyev.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.