25 yoshli futbolchi faoliyatini yakunladi


Ukrainalik yarim himoyachi Vitaliy Visenes futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda uning agenti Vadim Shabliy o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qilgan.
Agentning so‘zlariga ko‘ra, \"Shaxter\" klubi tarbiyalanuvchisini so‘nggi vaqtlarda jarohatlar doimiy tarzda bezovta qilib kelgan, shuning uchun futbolchi karerasini yakunlashga qaror qildi.
Biroq u endi ishsiz qolmaydi. Visenes Vadim Shabliy ProStar kompaniyasida ishlaydigan bo‘ldi.
ESlatib o‘tamiz, Vitaliy Visenes shu vaqtgacha \"Shaxter\", \"Zaryu\", \"Ilicheves\" va \"Sevastopol\" kabi jamoalarda to‘p surgan. U so‘nggi rasmiy o‘yinini 2013 yilda o‘tkazgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













