Eldor Shomurodovning transferiga oid "qaynoq" yangilik!

Eldor Shomurodovning transferiga oid "qaynoq" yangilik!
2023/24 yilgi mavsum boshidan oldin \"Roma\" klubidan \"Kalyari\" klubiga ijaraga berilgan Eldor Shomurodov ayni damda jarohatini tuzatish bilan shug‘ullanmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi sardori mavsumning qolgan qismini qaysi jamoada o‘tkazishi ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lsa kerak.

\"Salernitana\" jamoasi Eldor Shomurodovning xizmatiga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi. Jurnalist Janluka di Marsioning xabar berishicha, \"Roma\" klubi rahbariyati bu transferga rozilik bildirgan.

Ma’lumot uchun, \"Salernitana\" klubi joriy mavsum A Seriyada bor yo‘g‘i 12 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 20-o‘rinni band etib turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.