Fevzi Davletov: "Bu qanday sodir bo‘layotganiga o‘zim ham tushunmayapman"

Superliga 2-turi doirasidagi \"Qizilqum\" — \"Surxon\" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Fevzi Davletov: \"Ikki xil taymlar guvohiga aylandik. Yigitlarga ishonch yetishmadi. Ikkinchi bo‘limda \"Qizilqum\" qarshi hujumga tayanib o‘ynadi. Bu vaziyatdan chiqish kerak\".
- Mavsum startidan avval kutilmaganda \"Surxon\"da bosh murabbiy o‘zgardi. Jamoa dastlabki ikki turda ishonchsiz o‘yin ko‘rsatmoqda. Bularning ortida nima turibdi deb o‘ylaysiz?
- Biz shu mavzuda yigitlar bilan suhbatlashib, sabablarini tushunishga harakat qildik. Ikkinchi bo‘limda yomon harakat qilmadik. Psixologiya bo‘lsa kerak deb o‘ylayman.
- Nega Nimeli yo‘q?
- Unda jarohat bor. Yana ba’zi futbolchilar davolanmoqda.
- Ularning jarohati jiddiy emasmi?
- Keyingi o‘yindan avval ularning holatiga baho berib, qaror qabul qilamiz.
- \"Surxon\" ikkinchi taymni yaxshi boshladi, kiyinish xonasida ularga nimalar dedingiz?
- Yigitlar bilan jiddiy, baland ovozda suhbatlashib oldik.
- Birinchi goldan so‘ng bugungi o‘yinga qilgan rejalaringiz o‘zgarib ketdimi?
- Bugun ijobiy natijaga reja qilib, hujumkor o‘yin ko‘rsatmoqchi edik. Raqibni pressingga taklif qildik, ammo himoyada xatolarga yo‘l qo‘ydik. Hujumkor o‘yinni so‘ragan edim.
- \"Surxon\" mart oyining o‘zida yana \"Navbahor\" va \"Andijon\" bilan o‘ynashi kerak. Jamoa uchun futbol bahori og‘ir boshlandimi?
- Hamma bilan sifatli o‘yin ko‘rsatish kerak.
- \"Surxon\" Nimeliga juda bog‘lanib qolganmi?
- Muhammad Ali Abdurahmonov \"Paxtakor\" bilan bahsda faol o‘ynadi. Bugun unga imkon bergandik. Hammasini o‘zingiz ko‘rdingiz.
- Darvozabon ketma-ket ikkinchi tur qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yyapti.
- Bu qanday sodir bo‘layotganiga o‘zim ham tushunmayapman.
- \"Qizilqum\"dan shunday o‘yin kutganmidingiz?
- Albatta. \"Bunyodkor\"ga qarshi bahsni ko‘rdik, barchasini o‘rgnib chiqdik.
- Futbol muxlislar uchun o‘ynaladi. Uy o‘yinlarini o‘tkazish uchun \"Surxon\"ga Qarshi shahri yaqinroq edi, nega jamoa Toshkentda o‘ynayapti?
- Biroz kutib turishimiz kerak. Ikkinchi davrada jamoa Termizga qaytadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Fevzi Davletov: \"Ikki xil taymlar guvohiga aylandik. Yigitlarga ishonch yetishmadi. Ikkinchi bo‘limda \"Qizilqum\" qarshi hujumga tayanib o‘ynadi. Bu vaziyatdan chiqish kerak\".
- Mavsum startidan avval kutilmaganda \"Surxon\"da bosh murabbiy o‘zgardi. Jamoa dastlabki ikki turda ishonchsiz o‘yin ko‘rsatmoqda. Bularning ortida nima turibdi deb o‘ylaysiz?
- Biz shu mavzuda yigitlar bilan suhbatlashib, sabablarini tushunishga harakat qildik. Ikkinchi bo‘limda yomon harakat qilmadik. Psixologiya bo‘lsa kerak deb o‘ylayman.
- Nega Nimeli yo‘q?
- Unda jarohat bor. Yana ba’zi futbolchilar davolanmoqda.
- Ularning jarohati jiddiy emasmi?
- Keyingi o‘yindan avval ularning holatiga baho berib, qaror qabul qilamiz.
- \"Surxon\" ikkinchi taymni yaxshi boshladi, kiyinish xonasida ularga nimalar dedingiz?
- Yigitlar bilan jiddiy, baland ovozda suhbatlashib oldik.
- Birinchi goldan so‘ng bugungi o‘yinga qilgan rejalaringiz o‘zgarib ketdimi?
- Bugun ijobiy natijaga reja qilib, hujumkor o‘yin ko‘rsatmoqchi edik. Raqibni pressingga taklif qildik, ammo himoyada xatolarga yo‘l qo‘ydik. Hujumkor o‘yinni so‘ragan edim.
- \"Surxon\" mart oyining o‘zida yana \"Navbahor\" va \"Andijon\" bilan o‘ynashi kerak. Jamoa uchun futbol bahori og‘ir boshlandimi?
- Hamma bilan sifatli o‘yin ko‘rsatish kerak.
- \"Surxon\" Nimeliga juda bog‘lanib qolganmi?
- Muhammad Ali Abdurahmonov \"Paxtakor\" bilan bahsda faol o‘ynadi. Bugun unga imkon bergandik. Hammasini o‘zingiz ko‘rdingiz.
- Darvozabon ketma-ket ikkinchi tur qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yyapti.
- Bu qanday sodir bo‘layotganiga o‘zim ham tushunmayapman.
- \"Qizilqum\"dan shunday o‘yin kutganmidingiz?
- Albatta. \"Bunyodkor\"ga qarshi bahsni ko‘rdik, barchasini o‘rgnib chiqdik.
- Futbol muxlislar uchun o‘ynaladi. Uy o‘yinlarini o‘tkazish uchun \"Surxon\"ga Qarshi shahri yaqinroq edi, nega jamoa Toshkentda o‘ynayapti?
- Biroz kutib turishimiz kerak. Ikkinchi davrada jamoa Termizga qaytadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













