Futzal. Osiyo kubogi. O‘zbekiston chorak finalda qaysi terma jamoa bilan bahslashadi?

Futzal. Osiyo kubogi. O‘zbekiston chorak finalda qaysi terma jamoa bilan bahslashadi?
Biroz avval futzal bo‘yicha Osiyo kubogining 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvi yakunlandi.

Xose Venansio Lopes boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi bu bahsda 3:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi va guruhda 100 foizli natija qayd etdi.

Guruhda 1-o‘rinni olgan O‘zbekiston chorak finalda \"A\" guruhida 2-o‘rinni egallagan Vetnamga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi. Mazkur bahs 24 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.