Abbosbek Fayzullayev RPLda “Mavsum kashfiyoti” sovrinini qo‘lga kiritdi

Abbosbek Fayzullayev RPLda “Mavsum kashfiyoti” sovrinini qo‘lga kiritdi
Rossiya Premer Ligasida “Mavsum kashfiyoti” sovrinining egasi aniqlandi. Unga ko‘ra, “SSKA” futbolchisi, o‘zbekistonlik Abbosbek Fayzullayev ushbu sovringa loyiq ko‘rildi.
Abbosbek Fayzullayev RPLda “Mavsum kashfiyoti” sovrinini qo‘lga kiritdi
Sovrin uchun Abbosbekdan tashqari Bitello (“Dinamo”) va Nikita Saltikov (“Krilya Sovetov”) kabi futbolchilar kurash olib borgandi.

Mukofot g‘olibi murabbiylar, jamoa sardorlari, sharhlovchilar va Rossiya futboli faxriylaridan iborat maxsus hay’at tomonidan aniqlandi.

Abbosbek joriy mavsum “SSKA” tarkibida barcha musobaqalarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.