“Barselona”ning sobiq ustozi Qatar termasini boshqarishi mumkin

“Barselona”ning sobiq ustozi Qatar termasini boshqarishi mumkin
“Barselona”ning sobiq bosh murabbiyi Xavi Qatar terma jamoasini boshqarishi mumkin.

Manbaning ma’lum qilishicha, Qatar milliy jamoasi mutasaddilari ispaniyalik murabbiy bilan uchrashgan va u bilan kelajakdagi hamkorlik borasida suhbatlashgan.

Ispaniya klubini boshqarishdan oldin Xavi “As-Saad” klubi murabbiyi sifatida ishlagan. Murabbiy 2019—2021 yillar davomida Qatar klubini boshqargan.

Ma’lumot uchun, Xavi ushbu mavsum boshida Kataloniya klubini tark etdi. Uning boshchiligida “Barsa” Ispaniya Superkubogi sohibi bo‘lgan.

Qatar terma jamoasi Jahon chempionati saralash uchrashuvlarida qatnashmoqda. O‘zbekiston bilan bir guruhda joylashgan qatarliklar 3 uchrashuvda 4 ochko to‘plashga erishgan. 4-turda Qatar o‘z uyida O‘zbekiston milliy jamoasini qabul qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.