Dunyoning eng yaxshi 10 nafar hujumchilari ma’lum qilindi

Dunyoning eng yaxshi 10 nafar hujumchilari ma’lum qilindi
Britaniyaning mashhur FourFourTwo nashri hozirgi vaqtdagi dunyoning eng yaxshi hujumchilari reytingini e’lon qildi.
Dunyoning eng yaxshi 10 nafar hujumchilari ma’lum qilindi
Foto: Sportbible
FourFourTwo nashri hozirgi paytdagi dunyoning eng yaxshi 10 nafar hujumchilari reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi pog‘onaga “Nyukasl” forvardi Aleksander Isak, uchinchi o‘ringa esa “Barselona” futbolchisi Robert Levandovski joylashdi.

FourFourTwo reytingi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 10 hujumchisi:
1. Harri Keyn (“Bavariya”);
2. Aleksander Isak (“Nyukasl”);
3. Robert Levandovski (“Barselona”);
4. Erling Holand (“Manchester Siti”);
5. Kilian Mbappe (“Real Madrid”);
6. Viktor Dyokeresh (“Sporting”);
7. Lautaro Martines (“Inter”);
8. Viktor Osimhen (“Galatasaroy”);
9. Xulian Alvares (“Atletiko Madrid”);
10. Olli Uotkins (“Aston Villa”).

Nashr ushbu reytingni tuzishda futbolchilarning so‘nggi mavsumlardagi statistikasi, jamoaga qo‘shgan hissasi, individual yutuqlari va umumiy o‘yin natijalarini hisobga olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.