Luis Enrique 2025 yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi

Luis Enrique 2025 yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi
Parijda o‘tkazilgan \"Oltin to‘p\" marosimida Luis Enrike 2025 yilning eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi. Uning rahbarligi ostida PSJ o‘tgan mavsumda to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritdi: Fransiya chempionati, Fransiya kubogi, Fransiya Superkubogi va Chempionlar ligasini.
Enrike Fransiya chempionatidagi PSJ o‘yinida bo‘lganligi sababli marosimda qatnasha olmadi. Shuningdek, mukofotga Xans-Diter Flik, Arne Slot, Enso Mareska va Antonio Konte ham da’vogar edilar.
Eslatib o‘tamiz, Luis Enrike 2023 yil yozida PSJ boshqaruvini qo‘lga olgan va o‘shandan beri sezilarli yutuqlarga erishgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.