Zaxaryanning vakili unga ko'proq vaqt va'da qildi

Zaxaryanning vakili unga ko'proq vaqt va'da qildi
Yaqinda yarim himoyachi Arsen Zaxaryan mavsumdagi birinchi golini urdi. Rossiyalik futbolchi Ispaniya Kubogida "Real Sosedad" jamoasi safida maydonga tushgan o'yinda gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Zaxaryanning vakili Gennadiy Golubin futbolchilarning gollari va golli uzatmalari ularga ishonch bagʻishlashini ta'kidladi. Golubin fikricha, endilikda Zaxaryan maydonda ko'proq vaqt oladi.

"O'ylaymanki, Arsen endi ko'proq o'ynaydi, unga ko'proq imkoniyat beriladi. Arsennning murabbiy bilan munosabatlari haqida gapirmayman, har bir murabbiyning o'z yondashuvi bor.

Faqat futbol maydoni Arsenning ishonch darajasini ko'rsatadi", – dedi Golubin "Sport-Ekspress" nashriga bergan intervyusida. "Real Sosedad" jamoasi keyingi o'yinni 1-noyabr, shanba kuni "Athletik" jamoasiga qarshi oʻtkazadi.

Uchrashuv soat 20:30 da boshlanadi (Moskva vaqti bilan).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.