"Real" himoyachisi: Mening qiz do‘stim yo‘q...

Madridning \"Real\" klubi markaziy himoyachisi Din Xyoysen o‘z hayoti haqida so‘zlab berdi. 20 yoshli futbolchining aytishicha, u matbuotni o‘qimaydi.
- \"Real\" dunyoning eng katta klubi, shuning uchun atrofda ko‘plab gap-so‘zlar bo‘lishi tabiiy. Men matbuotni o‘qimayman. Oddiy hayot kechiraman: mashg‘ulotlarga boraman, uyga qaytaman – va tamom. Mening qiz do‘stim yo‘q. Ijtimoiy tarmoqlarda faqat futbol bilan bog‘liq narsalarni e’lon qilaman. Meni eng ko‘p dam oldiradigan narsa esa PlayStation o‘ynashdir\", – dedi Xyoysen Radio Marca bilan suhbatda.
Din Xyoysen \"Real\" safida yoz faslidan buyon o‘ynaydi. Madrid jamoasi safida qatnashgan 18 uchrashuvda u bitta golli uzatma amalga oshirgan.
\"Real\" ayni damda La Ligada peshqadamlik qilmoqda va ikkinchi o‘rinda borayotgan \"Barselona\"ni uch ochkoga ortda qoldirgan.













