Spalletti bilan Yuventus 1955-yildagi holatni takrorladi

Spalletti bilan Yuventus 1955-yildagi holatni takrorladi
Turinning "Yuventus" jamoasi navbatdagi ikkita ochkoni yoʻqotdi. Bu safar ular turnir jadvalida quyi pogʻonada joylashgan "Fiorentina" bilan durang oʻynashdi.

Yangi bosh murabbiy Luchano Spalletti uchun bu start qoniqarli emas, chunki uning jamoasi dastlabki toʻrtta oʻyindan uchtasida durang qayd etdi. Klub rahbariyati bu holatni ijobiy qabul qilmayotgani aniq, chunki ular yaxshiroq natijalar kutgan edi.

Oxirgi marta "Yuventus"da bir murabbiy toʻrtta oʻyindan uchtasini durang bilan boshlagan holat 1955-yilning kuzida Sandro Puppo davrida sodir boʻlgan edi. Eslatib oʻtamiz, "Yuventus" Italiya chempionligini oxirgi marta 2020-yilda qoʻlga kiritgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.