Balak: Noyerning xatosi unga qimmatga tushdi

Balak: Noyerning xatosi unga qimmatga tushdi
Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Mixael Balak Chempionlar ligasi guruh bosqichining beshinchi turida "Arsenal"ga qarshi o'yinda (1:3) Myunxenning "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer yo'l qo'ygan xatoni izohladi. "Bavariya" darvozaboni "Arsenal"ning qarshi hujumini to'xtatmoqchi bo'lib, jarima maydonidan tashqariga, maydon markaziga yaqin joyga chiqdi.

Biroq "Arsenal" hujumchisi Gabriel Martinelli bu vaziyatdan unumli foydalanib, to'pni Noyerning yonidan o'tkazib, darvozaga yo'lladi. "Bunday qilishning hojati yo'q edi.

Manuel noto'g'ri qaror qabul qildi. Agar u to'p uchun chiqsa, uni qo'lga kiritishi kerak edi, buni u o'zi ham yaxshi biladi.

U tavakkal qilmoqchi bo'ldi va xatosi uchun jazosini oldi", - dedi Balak Goal nashriga bergan intervyusida. Chempionlar ligasining keyingi turida "Bavariya" Lissabonning "Sporting" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.