Kavaminga Real Madriddagi muammolar haqida gapirdi

Kavaminga Real Madriddagi muammolar haqida gapirdi
Madridning "Real" jamoasi yarim himoyachisi Eduardo Kavaminga jamoa ichidagi muhit bo'yicha paydo bo'lgan mish-mishlarga javob qaytardi. So'nggi vaqtlarda ommaviy axborot vositalarida bosh murabbiy Xabi Alonso va bir nechta o‘yinchilar o‘rtasida ziddiyatlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

"Jamoamizdagi muammolar? Bu faqat ommaviy axborot vositalarining uydirmasi.

Hozir bizning kiyinish xonamiz hech qachon bunchalik jips bo‘lmagan. Biz g‘alabalar va murabbiyimiz uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz", – deya izoh berdi Kavaminga taniqli jurnalist Fabrisio Romano orqali.

Chorshanba kuni Madrid klubi Chempionlar Ligasida Gretsiyaning "Olimpiakos" jamoasini 4:3 hisobida mag‘lub etdi. Yakshanba kuni esa La Liga doirasida "Jirona"ga qarshi o‘yin o‘tkaziladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.