Xabi Alonso isteʼfosi haqidagi mish-mishlar rad etildi


Madridning \"Real\" klubi bosh murabbiy Xabi Alonsoni isteʼfoga chiqarish niyatida emas. Bu haqda taniqli jurnalist Xosep Pedrerol maʼlum qildi.
Yakshanba kuni \"Qirollik klubi\" yana ochko yoʻqotdi va La Liga doirasida \"Jirona\" bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi. Oʻyindan keyin Alonsoning isteʼfosi haqida mish-mishlar tarqaldi.
Shunga qaramay, Pedrerolning soʻzlariga koʻra, klub rahbariyati hozircha murabbiyni almashtirish haqida oʻylamayapti. \"Real\" uchta ketma-ket durangdan soʻng turnir jadvalida peshqadamlikni boy berdi.
Hozircha madridliklar 14 turdan keyin 33 ochko toʻplashgan, bu \"Barselona\"dan atigi bir ochkoga kam.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













