Spalletti McKennini murabbiy uchun ideal o'yinchi deb atadi

Spalletti McKennini murabbiy uchun ideal o'yinchi deb atadi
Yuventus bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoasi yarim himoyachisi Ueston McKennini alohida eʼtirof etdi. "McKenni – kuchli inson, bu esa uni maydonda ham kuchli futbolchiga aylantiradi.

Uning yondashuvi shundayki, u go'yo: 'Sen faqat so'ra, men hammasini qilaman', deya ko'rinadi. U bolaligida qo'rquvlarni yenggan, chunki jasoratli bo'lish uchun odamni qo'rqitadigan narsalar bilan yuzlashish kerak.

McKenni o'yin davomida o'ziga xos yechimlarni topadi. Bu yechimlar dastlab uning imkoniyatlariga mos kelmagandek tuyuladi, lekin u baribir sinab ko'radi.

Uni o'ng qanot himoyasiga yoki markaziy himoyaga qo'ysangiz ham, shikoyat qilmaydi. U murabbiy uchun ideal futbolchi", – deya Spallettining so'zlarini keltiradi jurnalist Janluka Di Marzio.

Ayni damda "Yuventus" A Seriya turnir jadvalida ettinchi o'rinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.