Modrich boshqalardan ko'ra ko'proq narsani ko'radi

Modrich boshqalardan ko'ra ko'proq narsani ko'radi
Italiyaning "Milan" klubi yarim himoyachisi Samuele Richchi Luka Modrich haqida iliq fikr bildirdi. Xorvatiyalik faxriy futbolchi "Real Madrid"dan "Milan"ga o'tganidan buyon barchaning e'tiborini tortmoqda – jurnalistlardan tortib, raqib jamoalar darvozabonlarigacha.

"Bu haqiqiy kosmos. U boshqalarning ko'ra olmaydigan va qila olmaydigan narsalarni ko'rib, amalga oshiradi.

Meni eng hayratlantirgani uning futbol intellekti – u har doim to'p qayerda bo'lishini aniq biladi", – deya Richchining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it. Hozirda "Milan" A Seriya turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Joriy turda ular Richchining sobiq jamoasi "Torino"ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv 8-dekabr, dushanba kuni bo'lib o'tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.