Flik: Biz “Real” haqida gapirishni xohlamaymiz

Flik: Biz “Real” haqida gapirishni xohlamaymiz
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liga turnir jadvalida “Real”dan farqning oshgani borasida fikr bildirdi. O'tgan dam olish kunlari “Barselona” “Betis”ni 5:3 hisobida mag'lub etdi, “Real” esa “Selta”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Natijada, kataloniyaliklarning madridliklar bilan farqi to'rt ochkoga yetdi. - Endilikda “Real”dan to'rt ochko oldindasizlar, bu holatni qanday baholaysiz?

- Biz o'zimizga e'tibor qaratamiz. “Real”ga qaramaymiz va ular haqida gapirmoqchi ham emasmiz.

Ha, hozirda to'rt ochkolik farq bor, lekin hali oldinda uzoq yo'l turibdi. Eng muhim o'yin esa ertaga “Ayntraxt”ga qarshi bo'lib o'tadi, - dedi Flik jurnalistlarga.

“Barselona” va “Ayntraxt” o'rtasidagi Chempionlar ligasi 5-tur uchrashuvi seshanba, 9-dekabr kuni bo'lib o'tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.