Bolonya 1995 yildan beri ilk bor penaltilarda g'alaba qozondi

Bolonya 1995 yildan beri ilk bor penaltilarda g'alaba qozondi
Italiya Superkubogida ikkinchi yarim final uchrashuvi ham yakunlandi va turnirni Milanning ikkinchi klubi — "Inter" tark etdi. Uni Italiya kubogi sohibi "Bolonya" musobaqadan chiqarib yubordi.

Qiziq tomoni shundaki, "Bolonya" o'sha kubok finalida ham "Milan"ni mag'lub etgan edi. Bu safar jamoa penaltilar seriyasida sovuqqonroq harakat qilgani evaziga ustun keldi.

Ta'kidlanishicha, "Bolonya" XXI asrda 11 metrliklar seriyasida hali g'alaba qozonmagandi. Klub uchun penaltilardagi avvalgi muvaffaqiyat 1995 yil 13 dekabrga to'g'ri keladi.

O'shanda "Bolonya" Italiya kubogi chorak finalida "Milan"ni aynan penaltilarni aniqroq ijro etgani hisobiga musobaqadan chiqarib yuborgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.