Immobile Bolonyaning Superkubok finaliga chiqishini baholadi

Immobile Bolonyaning Superkubok finaliga chiqishini baholadi
Veteran hujumchi Chiro Immobile Italiya Superkubogi yarim finalida “Bolonya” safida zaxiradan maydonga tushdi va penaltilar seriyasidagi hal qiluvchi zarbani aniq ijro etib, jamoasini finalga olib chiqdi. O'yindan so'ng Immobile uchrashuv taassurotlari bilan o'rtoqlashdi: “Penalti — bu lotereya.

Ravalyaga bravo, u ikki zarbani qaytardi, biz esa sovuqqonroq tepishga muvaffaq bo'ldik. Menga gol kerak edi, ancha vaqtdan beri gol urmagandim, so'nggi oylar men uchun qiyin o'tdi.

Jamoa uchun juda xursandman. ‘Napoli’ga kelsak, qog'ozda ular kuchliroq, ammo kubok bahsida hamma narsa bo'lishi mumkin.

Biz hech kimdan qo'rqmaymiz”, — deya Immobile so'zlarini fcinter1908.it keltirdi. Endi Italiya Superkubogi finalida “Bolonya” amaldagi Italiya chempioni “Napoli”ga qarshi maydonga tushadi.

Final uchrashuvi 22 dekabr, dushanba kuni bo'lib o'tadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.