Yuventus A Seriyada 2018 yildan beri ilk bor beshta gol urdi

Yuventus A Seriyada 2018 yildan beri ilk bor beshta gol urdi

Italiya A Seriyasining 20-tur yakuniy uchrashuvlarida Turinning «Yuventus» jamoasi «Kremoneze»ni 5:0 hisobida mag\'lub etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu natija «Yuventus» uchun chempionatdagi noyob ko\'rsatkich bo\'ldi: turinliklar A Seriya o\'yinida kamida besh golni oxirgi marta 2018 yil 4 fevral kuni urgan. O\'shanda «Sassuolo» darvozasiga 7 ta gol kiritilgandi.

Keyingi turda «Yuventus» safarda «Kalyari»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 17 yanvar, shanba kuni bo\'lib o\'tadi. Hozirda Spalletti jamoasi A Seriya turnir jadvalida uchinchi o\'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.