«Lokomotiv» Toshkentda «Al-Ahli»ni ishonchli tarzda engdi

«Lokomotiv» Toshkentda «Al-Ahli»ni ishonchli tarzda engdi
«Lokomotiv» Toshkentda «Al-Ahli»ni ishonchli tarzda engdi

Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan \"Lokomotiv\" hamda BAAning \"Al-Ahli\" klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi.

Unda 2:0 hisobi qayd etilib, \"temiryo‘lchilar\"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 20-soniyasidayoq hisob ochildi. Bikmaevning chap qanotdan ko‘targan to‘pini Salamat Quttiboyev boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. 57-daqiqada bo‘lsa, tinib-tinchimas Bikmaevning o‘zi birga-bir vaziyatda ikkinchi golni urdi.

Shu tariqa \"Loko\" juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Osiyo Chempionlar ligasi, 2-tur
\"Lokomotiv\" - \"Al-Ahli\" — 2:0

Gollar: SalamatQuttiboyev (1), Marat Bikmaev (57)
\"Lokomotiv\": Ignatiy Nesterov, Sardor Mirzaev, Islom To‘xtaxo‘jaev, Muhammad Kone, Shuhrat Muhammadiev, Kaxi Maxaradze, Temur Kapadze, Oleg Zoteev, Jaloliddin Masharipov, Salamat Quttiboyev, Marat Bikmaev.
\"Al-Ahli\": Majid Nosir, Salmin Hamiz, Asamoa Giyan, Habib al-Fardan, Volid Abbos, Everton Ribero, Hamiz Ismoil, Muhammad Sebil, Abdulaziz Sanqur, Majid Hassan, Makete Diop.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.