Dyumfris yaqin ikki haftada Inter safga qaytadi

Dyumfris yaqin ikki haftada Inter safga qaytadi

Milaning "Inter" jamoasi himoyachisi Denzel Dyumfrisning jarohatdan keyingi tiklanish muddatlari bo'yicha yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Paskuale Guarroning xabariga ko'ra, niderlandiyalik futbolchi ikki hafta ichida umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shilishi kerak. Qayd etilishicha, Dyumfris 22-fevral kuni bo'lib o'tadigan "Lechche"ga qarshi uchrashuvga qaytishi mumkin. 15-fevraldagi "Yuventus" bilan o'yinga esa futbolchini qaydnomaga kiritish ehtimoli bor, biroq maydonga tushishi kutilmayapti.

Joriy mavsumda 28 yoshli Dyumfris barcha musobaqalarda 15 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

Shuningdek, "Inter" 28-yanvar kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi so'nggi uchrashuvini Dortmundning "Borussiya" jamoasiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.