Anchelotti Endrikka Braziliya termasida alohida rol beradi

Anchelotti Endrikka Braziliya termasida alohida rol beradi

Qishda “Real”dan ijara asosida “Lion”ga o‘tgan Endrik Fransiyadagi o‘yinlari bilan tezda ko‘zga tashlana boshladi. Shundan so‘ng Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchini navbatdagi yig‘inga chaqirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline nashri L’Equipe’ga tayanib yozishicha, mart oyidagi xalqaro tanaffusda Endrik Braziliya termasining asosiy hujumchisi sifatida maydonga tushishi kutilmoqda.

Mart oxirida Braziliya terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida fransuz va Xorvatiya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, yozda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.