Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Huniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlanganini ma'lum qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Jamoa tarkibini tezkor kuchaytirish zarur bo'lgani uchun, rahbariyat oldida muhim transfer vazifalari turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Delgado avval futbolchi sifatida ham katta tajriba to'plagan: u 1995–2002 yillar oralig'ida Argentina terma jamoasida 18 uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan. Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores Kubogida «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga musobaqaning eng sermahsul to'purari bo'lgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.