Al-Hilol Nunesni chiqarib, Benzemani ro'yxatga kiritdi

Al-Hilol Nunesni chiqarib, Benzemani ro'yxatga kiritdi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes mavsumning qolgan qismida Arabiston chempionatida maydonga tushmaydi. «Al-Hilol»ning italiyalik bosh murabbiyi uni milliy chempionat uchun berilgan ro'yxatdan chiqarib, klubga yangi kelgan Karim Benzemaga joy ochdi. Shunga qaramay, Nunes Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlari uchun qaydnomada qoldirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eslatib o'tamiz, Nunes avvalroq Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» hamda Angliyaning «Liverpul» klublarida to'p surgan. U 2019 yildan beri Urugvay terma jamoasiga jalb etiladi va hozirgacha milliy jamoa safida 13 ta gol urgan. Shuningdek, 2022 yil Qatar'da bo'lib o'tgan jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.