Jezush Ronaldu navbatdagi o'yinni o'tkazib yuborishini aytdi

Jezush Ronaldu navbatdagi o'yinni o'tkazib yuborishini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod jamoasi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi o'ynaydi. Portugaliyalik hujumchi boykotdan keyin tez orada safga qaytishi kutilayotgandi, biroq bu bahsda ham u tarkibda bo'lmaydi.

Jezushning so'zlariga ko'ra, jamoa zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qator futbolchilarga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy shanba kungi muhim chempionat o'yini — «Al-Fateh»ga qarshi uchrashuv oldidan futbolchilarni asrashni ma'qul ko'rganini ta'kidladi.

Shuningdek, u Ronaldu Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan bahslarda vaqti-vaqti bilan maydonga tushmay qolishi yangilik emasligini eslatdi. Bu holat ilk bor kuzatilmayotganini Al Nassr Zone Jezushdan iqtibos keltirgan holda yozdi.

Saudiya chempionatining «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo'lib o'tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.