Kalulyu hakam xatosiga qaramay bir o'yinga chetlatildi

Kalulyu hakam xatosiga qaramay bir o'yinga chetlatildi

Italiya A Seriyasi rasmiy sayti o'tgan tur yakunlariga ko'ra intizomiy qarorlarni e'lon qildi. Diskvalifikatsiya olgan futbolchilar ro'yxatidan «Yuventus» himoyachisi Pyer Kalulyu ham joy oldi — fransuz futbolchi bir uchrashuvga chetlatildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kalulyuning maydondan chetlatilishi bahsli holat bo'lgani aytilmoqda: hakamlar korpusi rahbari Janluka Rokki futbolchiga ikkinchi sariq kartochka noto'g'ri ko'rsatilgani uchun uzr so'ragan. Biroq qoidaga ko'ra, qizil kartochka qayd etilgani sabab diskvalifikatsiya kuchda qoldi.

Shu tariqa Pyer Kalulyu A Seriyada «Komo»ga qarshi o'yinda «Yuventus»ga yordam bera olmaydi. Uchrashuv 21 fevral, shanba kuni bo'lib o'tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.