Samvel Babayan yaqin kunlarda Osiyo klublaridan birini boshqaradi!?

Samvel Babayan yaqin kunlarda Osiyo klublaridan birini boshqaradi!?
Ma’lum bo‘lishicha, milliy terma jamoamizning sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan hozirda Moskvaning “Spartak” jamoasida murabbiylik malakasini oshirmoqda.

Aniqrog‘i, “Spartak” FK bosh murabbiyi Massimo Karrera bilan do‘stona kelishuvga asosan “Paxtakor”ning sobiq bosh menejeri jamoa “lagerida” “stajirovka” o‘tamoqda.

Albatta, YeChL qatnashchisi bo‘lgan Yevropaning eng mashhur klubi “Spartak”da malaka oshirish maqtovlarga sazovordir.

Aytish joizki, 9-22 yanvar kunlari Dubay (BAA) shahrida dastlabki yig‘inni o‘tkazayotgan moskvaliklar qarorgohida Samvel Babayan va uning doimiy hamrohi Vyacheslv Kolosovskiy ham saf tortib turishibdi.

Rossiyaning amaldagi chempioni bo‘lgan ushbu jamoaning ikkinchi mavsum oldi tayyorgarlik ishlari 25 yanvardan 7 fevralgacha davom ettiriladi.

Ushbu yig‘inda ham Samvel Babayan va Grigoriy Kolosvoskiy ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Samvel Vyacheslavovich fevral oyining so‘nggi kunlarida xorij klubi, aniqrog‘i Osiyo jamoalaridan birini boshqarishga kirishadi Albatta bu ham o‘zbek futboli uchun quvonarli holdir... Voqealar rivojini kutib qolamiz...

Manba: interfutbol.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.