«Bunyodkor» akademiyasi O‘FA tasarrufiga o‘tkaziladi

«Bunyodkor» akademiyasi O‘FA tasarrufiga o‘tkaziladi
Foto: O‘FA rasmiy sayti
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi «Bunyodkor» stadionini tashkilot Ijroqo‘mi qaroriga ko‘ra «Milliy stadion» deb nomladi.

Unda O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari o‘zining uy uchrashuvlarini o‘tkazish belgilab qo‘yilgan. «Milliy stadion», shuningdek, O‘zbekiston Kubogining yuqori bosqichli o‘yinlariga, xalqaro darajadagi futbol uchrashuvlariga mezbonlik qiladi. U mamlakatning bosh arenasiga aylanadi.

O‘FA stadionga muxlislarni jalb qilish ustida ish olib boradi. Ishqibozlar faqatgina futbol uchrashuvlari vaqtida emas, qolgan kunlarda ham stadion atrofida erkin sayr qilishlari, ko‘ngil yozishlari uchun bosqichma-bosqich sharoitlar yaratiladi.

Stadionga tutash hududda barpo etilgan futbol akademiyasi esa O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga qarashli akademiyaga aylantiriladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.