Sanjar Tursunov kumush medal bilan kifoyalandi

Sanjar Tursunov kumush medal bilan kifoyalandi
Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining final janglari doirasida o‘zbekistonlik yana bir bokschi ringga chiqdi.

-91 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Sanjar Tursunov janubiy koreyalik Hyong Kyu Kimga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibiga ochkolar hisobiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medal bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.

Bu O‘zbekiston jamoasining turnirdagi ilk kumush medalidir. Bungacha Shukurjon Rahimov (-60 kg) bronza, Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg), Miraziz Mirzaxalilov (-56 kg) va Bobo Usmon Boturov (-69 kg) oltin medallarga ega chiqqandi.

O‘zbekiston boks terma jamoasi muddatidan avval turnirda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.