«Real Madrid» Samarqandda futbol akademiyasini ochmoqchi

«Real Madrid» Samarqandda futbol akademiyasini ochmoqchi
Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Samarqandda o‘tkazilayotgan «Invest in Samarkand» I xalqaro investitsion forumining bugun, 23 noyabr ishida Ispaniyaning «Real Madrid» futbol akademiyasi Samarqand filialini tashkil etish yuzasidan kelishuv memorandumi imzolanishi kutilmoqda.

Shu maqsadda Ispaniyaning jahonga mashhur «Real» futbol klubinining mintaqaviy fondi menejeri Arenilyas Inigo Chaves Samarqandga kelgan.
Ma’lum bo‘lishicha, akademiya filiali Samarqand shahridagi Motrid qo‘rg‘onida tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Shu va boshqa investitsion loyihalari bilan Ispaniya delegatsiyasi vakillari Samarqanddagi forumda qatnashishmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.