YECHL. «Manchester Siti» Madridda kambek qildi, "Yuventus" Fransiyada mag‘lub bo‘ldi (video)

YECHL. «Manchester Siti» Madridda kambek qildi, "Yuventus" Fransiyada mag‘lub bo‘ldi (video)
Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan dastlabki bahslar yakunlandi.
«Real» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qilib, mag‘lubiyatga uchradi. «Shaharliklar» Jezus va de Bryuynening gollari evaziga kambek qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Buning ustiga Madrid klubi himoyachisi Serxio Ramos qizil kartochka oldi va javob bahsini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

«Yuventus» esa Fransiyada «Lion»ga minimal hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Tuzarning goli mezbonlarga g‘alaba taqdim etdi.

YECHL, 1/8 final, 26 fevral

Real – Manchester Siti 1:2
Gollar:
Isko (60) – Jezus (78), de Bryuyne (83, penalti).
Real: Kurtua, Karvaxal, Varan, Mendi, Ramos, Kazemiro, Modrich (Vaskes, 84), Isko (Yovich, 84), Valverde, Vinisius Junior (Beyl, 75), Benzema.
Manchester Siti: Ederson, Mendi, Otamendi, Laport (Fernandino, 33), Uoker, Gundo‘g‘an, de Bryuyne, Bernardu Silva (Sterling, 73), Rodri, Marez, Jezus.
Ogohlantirishlar: Mendi (29), Valverde (48), Modrich (54).
Chetlatish: Ramos (86).

Lion – Yuventus 1:0
Gol:
Tuzar (31).
Lion: Antoni Lopesh, Marselo, Denayer, Marsal, Dyubua (Tete, 78), Tuzar, Bruno Gimaraes, Auar, Korne (Andersen, 81), Toko-Ekambi (Tere, 66), Dembele.
Yuventus: Shensni, Bonuchchi, Aleks Sandro, Danilo, de Ligt, Rabo (Bernardeski, 78), Pyanich (Remzi, 62), Bentankur, Kuadrado (Iguain, 70), Ronaldu, Dibala.
Ogohlantirishlar: Marselo (28), Korne (61).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.