Floyd Meyvezer o‘z oldiga jiddiy maqsad qo‘yganini aytdi

Floyd Meyvezer o‘z oldiga jiddiy maqsad qo‘yganini aytdi
AQSHlik boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer dunyoning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish niyatida ekanligini aytdi. Qolaversa, o‘z vaqtida unga ustozlik qilgan otasi va amakisidan namuna olib, yoshlarga yordam berishini, ularni yetuk bokschi qilib tarbiyalashga harakat qilishini aytib o‘tdi.

Shuningdek, karantin unga atrofdagilarga yordam qo‘lini cho‘zish muhim ekanligini anglatganini, imkon qadar ajoyib shogirdlar tayyorlashga harakat qilishi barobarida eng zo‘r murabbiy bo‘lishga va’da berdi. Bu borada u o‘z Instagram sahifasiga yozib qoldirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.