Afsus, "Napoli" asosiy himoyachisini uzoq muddatga yo‘qotdi

Afsus, "Napoli" asosiy himoyachisini uzoq muddatga yo‘qotdi
“Napoli” klubi himoyachisi Kostas Manolas mashg‘ulotlarning birida sonidan jarohat oldi. Bu haqda Sports xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 28 yoshli gretsiyalik futbolchining jarohati ancha jiddiy va u kamida 2 oy davolanishiga to‘g‘ri keladi.

Manolas joriy mavsum A Seriyada 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. “Napoli” esa 26 turdan so‘ng 39 ochko bilan musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.