IFFHS talqiniga ko‘ra 2020 yilning eng yaxshi pleymeykeri aniqlandi

IFFHS talqiniga ko‘ra 2020 yilning eng yaxshi pleymeykeri aniqlandi
Foto: Getty Images
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2020 yilning eng yaxshilarini aniqlashda davom etadi. Federatsiya talqiniga ko‘ra, «Manchester Siti» klubi va Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne yilning eng yaxshi pleymeykeri deb topildi.

2019/20 yilgi mavsumda 29 yoshli futbolchi Premer Ligada 35 o‘yin o‘tkazib, 13 gol (ikkitasi penaltidan) va 21 ta golli uzatmaga muallif bo‘ldi. Joriy mavsumda Kevin Angliya chempionatining 9 o‘yinida ikkita gol urdi va oltita assist amalga oshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.